• ru
  • en
  • uz
XALQARO FAOLIYAT

XALQARO FAOLIYAT

Temir yo’l transporti qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi, hozirgi kunga kelib “O’zbekison temir yo’llari” AJ nafaqat MDH mamlakatlari a’zolari bilan balki chet el mamlakatlari bilan temir yo’l sohasida hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama kelishuvga egadir.

Jamiyat shuningdek Halqaro temir yo’l ittifoqi (UIC, Fransiya), BMTning Osiyo va Tinchokeani hududi va Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP), Osiyo tarraqiyot abnki doirasida Markaziyosiyo hududiy iqtisodiy hamkorlik (CARES), temir yo’l tashkilotlari hamkorligi(OSJD, Polsha), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO, Iran), MDHga a’zo davlatlarning temir yo’l transporti bo’yicha kengashi kabi tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi.

O’zbek temir yo’llarining zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlanganligi, geografik joylashuvi Evropa-Osiyo xabarlarida muhim boglovchi omil hisoblanadi. U Xitoy, Yaponiyani MDH mamlakatlari, Eron, Turkiya va Evropa bilan transport aloqalarini ta’minlashda mihim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy Ipak yo’lini qayta tiklashda O’zbekiston Respublikasi va uning temir yo’llari muhim ahamiyatga ega o’rin egallaydi, yoki biz temir yo’lchilar tili bilan aytganda, TRASEKA transport yo’lagi, Osiyodan Evropaga qisqa va arzonroq yo’nalish hisoblanadi.

2006 yil noyabr oyida Pusan shahrida (Janubiy Korea) transport bo’yicha Xalqaro konferentsiya o’tkazish jarayonida O’zbekiston temir yo’l ma’muriyati rahabari tomonidan Transosiyo temir yo’llari tarmog’i bo’yicha hukumatlararo kelishuvi imzolandi. Agar transosiyo temir yo’llari doirasidagi hamkorlikning amaliy ahamiyatini e’tiborga olinsa, hamda O’zbekiston Respublikasi geografik joylashuv sababiga ko’ra dengiz portlariga to’g’ridan to’g’ri chiqishga ega emasligi , ushbu hujjatning imzolanishi O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini temir yo’l transporti ta’minoti takomillashuviga sabab bo’ladi.

O’zbekiston temir yo’llari” AJning xalqaro turistik yarmarkalarda ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega, bu yarmarkalarda Hamdo’stlik va chet el mamlakatlarining yuzlab mashhur turistik firmalari taqdim etilgandi. Bu savdo maydonlarida jamiyat nomidan “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ temir yo’l transportida turistik tashishlarni tashkillashtirish sohasida o’z imkoniyatlarini ko’rsatmoqda. Bu imkoniyatlardan biri bu jahon standartlarining barcha talablariga javob beradigan yangi rusumdagi yo’ovchi vagonlarda yo’lovchilarni tashish hisoblanadi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ turli xalqaro tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar, MDH davlatlari temir yo’l ma’muriyatlari, Boltiq va uzoq horij vakillarini qabul qiladi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik, tashishlarni tashkil qilish, material va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, yangi liniyalar va inshootlarni qurish, investitsiya dasturi va ko’pgina boshqa masalalarko’rib chiqilmoqda.

Hozirda Butunjahon Banki, Osiyo tarraqiyot banki, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi(JICA), Evropa qayta qurish va rivojlanish banki (EBRR), KfB Banki(Germanya), Eksimbank (KXR) jamiyatning jiddiy hamkorlari bo’lib kelmoqda.Shu bilan birga «Patentes Talgo L.S.» (Ispaniya), “Jeysmar” (Fransiya), “Plasser end Toyrer” (Avstriya), «CNTIC» va «CRTG»(Xitoy), «BELAM» (Latviya), “Sumimoto, “Marubeni”, “Shimidzu”, “Kanimatsu” (Yaponiya) va boshqa mashhur firmalar tomonidan jamiyatga katta qiziqish bildirilgan.

O’zbekiston Respublikasi mintaqa ichida joylashganligi sababli, biz xalqaro tashish sifatini oshirgan va yetkazish muddatlarini qisqartirgan holda, bu sohada hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilamiz.

Jamiyatda olib borilayotgan ish ko’lami shuni ko’rsatadiki, “O’zbekiston temir yo’llari” transport xizmatlari bozorida ishonchli va barqaror hamkor hisoblanadi.