• ru
  • en
  • uz
FUQAROLAR MUROJAATI

FUQAROLAR MUROJAATI

Bugungi kunda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ vazifalaridan biri temir yo‘l orqali yo‘lovchilarni tashish va shu bilan sohaga oid eng muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan jarayonni amalga oshiradi. Yo‘lovchilarni tashish, vokzal va poyezdlarda servis xizmat ko‘rsatish, shuningdek harakat tarkiblarni safar (reys)ga tayyorlash bilan "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati shug'ullanadi.

So‘nggi vaqtda, ijtimoiy tarmoqlardagi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning rasmiy sahifalarida temir yo‘l chiptalarini sotib olish haqida, poyezdlar yo‘nalishlari va ularning harakat jadvallariga oid qator savollar va murojaatlar tushmoqda. Ma'lumot o‘rnida, bu kabi axborotlar Jamiyatning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan. Shuningdek, "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJning  "ishonch telefoni": + 998-71-299-94-50. Alohida ta’kidlash lozim, "ishonch telefoni" bu - ma'lumot beradigan xizmat emas! Ma'lumotlar berish xizmatining qisqa 1005 raqami mavjud yoki  joylardagi temir yo‘l kassalariga murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, Telegram messenjeridagi @pastrans ilovaga ham murojaatingizni yuborishingiz mumkin. 

Temir yo‘l chiptalarni sotib olish bo‘yicha batafsil ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+998712999450 (kecha-kunduz) - qog‘oz shaklidagi temir yo‘l chiptalari uchun;
+998999819383, +998712997984 (ish kunlari 09:00 - 18:00) - elektron chiptalar uchun.

Yuqoridagi savollar bo‘yicha siz uzjeldorpass@mail.ru elektron manziliga yozishingiz ham mumkin.