9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi
.jpg)
.jpg)
.jpg)
2026-yil 10-dekabr kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning katta anjumanlar zalida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida "Biz korrupsiyaga yo‘l yo‘q deymiz" shiori ostida keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi deputati, professor, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi a’zosi T.B.Matiboyev korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari, bu sohada mavjud xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Mutaxassislar amaliy misollar asosida korrupsiyaning iqtisodiy o‘sishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga va jamoatchilik ishonchiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritib, xodimlarga muhim tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish va xabar beruvchilarni himoya qilish mexanizmlarining amaliy ahamiyati ham qayd etildi.
Ishtirokchilarga temir yo‘l sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy vaziyatlar, ularning oqibatlari va ilg‘or jahon tajribasi yoritilgan maxsus tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Videorolik tadbir ishtirokchilariga mavzuni chuqurroq tushunishga yordam berdi.
Uchrashuv yakunida temir yo‘l sohasida korrupsiyaga qarshi kurash chuqur huquqiy islohotlar, zamonaviy texnologik yechimlar, mas’ul xodimlarning malakasini oshirish va jamoatchilik nazorati orqali amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi. Ushbu tashabbuslar sohada shaffoflikni oshirishga, xavfsizlikni mustahkamlashga va xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.