Yo‘lovchilar diqqatiga!

20-21 iyuldan boshlab “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 20-21 iyul kunlaridan “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 156/155 sonli yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu poyezdlar 20 iyuldan har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 20:13 da Toshkent-Janubiy vokzalidan, 21 iyuldan boshlab esa har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 16:49 da Urganch vokzalidan doimiy ravishda qatnovini amalga oshiradi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
 

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ