VIP zallar uchun to‘lovlar yanada osonlashdi!

Endilikda temiryo‘l vokzallarida VIP zallar xizmatidan foydalanishni xohlagan yo‘lovchilar to‘lov uchun temiryo’l kassalariga borishlari shart emas. 

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida VIP zallari uchun to‘lovlarni Payme’ ilovasidan foydalangan holda amalga oshirish yo‘lga qo’yildi. 

Buning uchun VIP zallar hududida mavjud QR kodni skaner qilishingiz yoki telefoningizda Payme’ ilovasining “Temiryo‘l vokzallari” bo‘limidan to‘lovni rasmiylashtirishingiz mumkin. 

Ilovadagi to‘lovlar Respublikamizda mavjud barcha temiryo‘l vokzallari VIP zallariga amal qiladi.