• ru
  • en
  • uz

O’zbekiston yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar reytingida 17-o’rinni egalladi.

GoEuro nashri tuzgan ushbu reyting Global High-Speed Train Ranking deya nomlanadi.

Reyting poezdlarning rekord tezligi, operasiyaviy tezligi, temiryo’l yo’nalishlari va aholining qamrovi bo’yicha ko’rsatkichlarni inobatga olib tuzilgan.

GoEuro hisob-kitobicha, O’zbekistonda poezdlarning tezligi soatiga 255 kilometrni, operasiyaviy tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi.

Reyting natijalariga ko’ra, O’zbekiston temiryo’l tizimida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarning ulushi 8,21 foizni tashkil qiladi va aholining 9,01 foizi tezyurar poezdlardan foydalanadi.

Qayd qilinishicha, O’zbekiston aholisi yuqori tezlikda harakatlanuvci poezdning 1 kilometri uchun 0,18 evro to’laydi va bu ko’rsatkich bo’yicha mamlakat dunyoda 17 o’rinni egallaydi.⁠

Reytingda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy asosiy uchlikni egallagan.