• ru
  • en
  • uz

O‘zbekiston - Ukraina: Ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi M.Doroshenko hamda Zaporoje mexanika zavodining Kuzatuv kengashi raisi O.Revchuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida temir yo‘l transporti sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar xalqaro yuk tashishda yuk aylanmasini ko‘paytirish, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashishni tiklash masalalari haqida fikr almashdilar.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar temir yo‘l sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi