Turizmni rivojlantirish maqsadida “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ hamda “Temiryoʻlekspress” AJ va Samarqand viloyati hokimiyatining turizmni rivojlantirish boʻyicha mas’ul xodimlari shuningdek, Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan turizm tashkilotlari bilan birgalikda uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuv davomida:
• Samarqand viloyatining boy madaniy merosi va tarixiy yodgorliklariga sayyohlar oqimini oshirish,
• Temiryo‘l yo‘nalishlarini takomillashtirish,
• Yangi yo‘nalishlar ochish va zamonaviy xizmat turlarini joriy etish,
• Turizm tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro fikr almashar ekan, hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar turizmni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirishdi.
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati