• ru
  • en
  • uz

Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

2024-yilning 20-mart sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar. 

Masalan, endilikda "Toshkent — Bekobod — Toshkent" yo‘nalishi yagona tarif narxi 12 000 so‘m, "Toshkent — Xojikent — Toshkent" yo`nalishi 10 000 so‘m. Yuqoridagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, elektron tarzda (ATTO) to‘lov qilmoqchi bo`lgan  yo‘lovchilar naxd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘mga kam to‘lashlari mumkin.