“Toshkent — Moskva — Toshkent” yo‘nalishida qatnovlar qo‘yildi

2024-yilning 24-sentabr sanasidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent — Moskva — Toshkent” yo‘nalishida qatnovlar qo‘yildi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha:

505-sonli “Toshkent — Moskva” yo‘nalishi

24-sentabr;
2-oktabr;
10-oktabr;
26-oktabr;
2-noyabr;
18-noyabr;
26-noyabr;
4-dekabr;
12-dekabr;

Toshkent 19:55 — Moskva 23:12

506-sonli “Moskva — Toshkent” yo‘nalishi

28-sentabr;
6-oktabr;
14-oktabr;
30-oktabr;
6-noyabr;
22-noyabr; 
30-noyabr; 
8-dekabr;

Moskva 5:40 — Toshkent 8:23

Mazkur yo‘nalishga chiptalarni chegirma asosida xarid qilish mumkin. Ya’ni reys sanasidan qancha kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq bo‘ladi. Batafsil yuqoridagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Xalqaro poyezdlarda yo‘l hujjatlari narxi O‘zb.Resp. Markaziy banki tomonidan chiptalar sotilgan kunga belgilangan Shveytsariya franki kursi bo‘yicha baholanadi.