Surxondaryo viloyati bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

Ma’lumki, 2024-yilning 20-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkazildi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshirmoqdalar. 

Shuningdek, ushbu yo'nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yo‘lovchilari elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. 

Masalan, "Termiz — Sariosiyo — Termiz" yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m. Lekin (ATTO) elektron to'lov tizimi orqali to'lovni amalga oshirmoqchi bo'lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘m miqdorda kam pul to‘laydilar.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati