• ru
  • en
  • uz

Savollarga javob

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent —Xiva — Toshkent” yoʻnalishida qatnovchi poyezddagi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Yoʻlovchi tomonidan sovutish tizimining vaqtincha ishlamayotganligi va monitorlarga qo‘yilgan lavhalarga nisbatan norozilik bildirilib, ularning oʻrniga oʻz istagiga koʻra lavha joylashtirishni talab qilgan.

Ta’kidlab oʻtish joizki, barcha texnik nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilgan. Shu bilan birga, poyezd stansiyada to‘xtab turgan vaqtda sovutish tizimining vaqtincha to‘xtashi tabiiy holat hisoblanadi. Bu texnologik jarayon yoʻlovchilar xavfsizligi va energiya tejamkorligi nuqtayi nazaridan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Monitorlarda esa xizmat ko‘rsatish sifati, xavfsizlik choralari va boshqa muhim ma’lumotlar aks etgan maxsus tasdiqlangan lavhalar joylashtirilgan bo‘lib, ularni tasodifiy yoki shaxsiy istakka ko‘ra oʻzgartirish yoki almashtirish mumkin emas. Har qanday axborot materiallari faqat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tasdiqlangandan so‘nggina monitorlarga joylanadi.

Hurmatli yoʻlovchilar! Sizning fikr-mulohazalaringiz va takliflaringiz biz uchun juda muhim. Har qanday savol yoki yordamga ehtiyoj sezsangiz, @temiryoluzbot  orqali bizga yoki 1005 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati