• ru
  • en
  • uz

Savollarga javob

“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdiga chiptalar yo‘qligi, lekin poyezd vagonlari bo‘shligi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Ma’lumki, “Afrosiyob” elektropoyezdlari  temir yo‘l vokzallaridan jo‘nab ketishdan oldin har doim 1-yo‘ldan harakatlanadi. Xabarlarda tarqalgan rasmlardan ko‘rinishicha, poyezd boshqa yo‘lakda rasmga tushirilgan. 

Yo‘lovchilardan, asossiz va yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini va fuqarolarni bunga undamasliklarini so‘raymiz!

Ushbu ma’lumotni tarqatgan yo‘lovchidan Toshkent-Markaziy vokzaliga kelishini va xodimlar tomonidan mazkur holat yuzasidan savollarga javob olishi mumkinligini ta’kidlab o‘tamiz. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati