"Namangan — Chodak — Namangan" yo`nalishida yo`lovchi poyezd harakati yo`lga qo`yildi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 16-may kunidan boshlab 6351/6352-sonli "Namangan — Chodak — Namangan" yo`nalishida yo`lovchi poyezd harakati yo`lga qo`yildi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha:

6351-sonli "Namangan — Chodak" yo`nalishi
Namangan 8:10 — Chodak 11:16

6352-sonli "Chodak — Namangan" yo`nalishi
Chodak 19:20 — Namangan 22:31

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati