Hurmatli ommaviy axborot vositalari!
Sizni "O'ztemiryo'lyo'lovchii" AJ tomonidan o'tkaziladigan matbuot anjumaniga taklif qilamiz. Tadbir mavzusi — yo'lovchilar tashishning dolzarb masalalari.
Uchrashuv davomida yo'lovchilar temir yo'l transportidan foydalanishda duch keladigan muammolar muhokama qilinadi. Sizni qiziqtirgan savollarni berishingiz va ularga malakali mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.
Matbuot anjumani 5 sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent-Markaziy vokzalida bo'lib o'tadi.
Savollar bo'lsa +998 90 322 56 00 nomerga murojaat qiling.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati