• ru
  • en
  • uz

Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

2024-yilning 10-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar. 

Masalan, endilikda "Qo'qon — Namangan — Andijon" yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m, "Qo'qon — Marg'ilon — Qo'qon" yo'nalishi 12 000 so‘m, "Qo'qon — Namangan — Andijon — Marg'ilon — Qo'qon" yo'nalishi 20 000 so'm, "Andijon — Xonobod — Andijon" yo'nalishi 12 000 so'mni tashkil etadi. Yuqoridagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati