• ru
  • en
  • uz

Ochiq vagonlardagi yuklarning butligini saqlashga qaratilgan yangilik joriy etildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 28.08 2021 yildagi 855-N sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “Toshkent MTU” unitar korxonasi tomonidan Angren stansiyasida samarali ishlarning navbatdagisi amalga oshirildi.

Xususan, Angren stansiyasining markaziy parkidagi 6 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan 2 ta chorpoya kranlari o‘rnatilib, 2021 yilning noyabr, dekabr oylarida Angren stansiyasida aholi ehtiyoji uchun vagonlarga ortiladigan ko‘mir mahsulotining butligini saqlash uchun birlamchi chora sifatida vagonlarning ustki qismini metall panjara bilan yopish ishlari sinov tariqasida, amalga oshirildi.

Mazkur temir panjaralar “Quyuv mexanika zavodi” shoʻba korxonasida yarim ochiq vagonning ustki qismini yopish uchun ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilning dastlabki kunlaridan boshlab, Angren stansiyadan joylarga yuborilayotgan ko‘mir mahsuloti ortilgan vagonlarning ustki qismi temir panjaralar bilan to‘liq yopib jo‘natilmoqda. Bu ko‘mir mahsulotini o‘z manziliga butligicha yetkazib berishda juda katta samara bermoqda.

Hozirgi kunda mutaxassislar tomonidan boshqa o‘rganish ishlari ham olib borilmoqda va kelgusida yarim ochiq vagonlarga ortilayotgan boshqa ayrim yuklarning butligini saqlash uchun, ularning ustini ham temir panjaralar bilan yopib jo‘natish rejalashtirilyapti.