“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

2024-yilning 2-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida “SAMARKAND MARATHON 2024” xalqaro yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 1, 2, 3, 4-noyabr kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 10:20 — Toshkent 12:40

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 14:10 — Samarqand 16:28

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz