𝗞𝗘𝗞𝗦𝗔 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗗𝗔𝗚𝗜 𝗬𝗢`𝗟𝗢𝗩𝗖𝗛𝗜𝗟𝗔𝗥 𝗨𝗖𝗛𝗨𝗡 𝗖𝗛𝗘𝗚𝗜𝗥𝗠𝗔𝗟𝗔𝗥𝗡𝗜 𝗘’𝗟𝗢𝗡 𝗤𝗜𝗟𝗔𝗠𝗜𝗭

“Noyabr oyi — Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan 2024-yilning 1-30 noyabr kunlari barcha mahalliy yo`nalishlar uchun (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidan tashqari) chiptalarning tarif qismidan 20% chegirmalar belgilandi. 

Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda harakatlanadigan mahalliy yo`nalishlarga amal qiladi.

Chiptalarni O`zbekiston temir yo`l kassalaridan pasport yoki ID-karta taqdim etgan holda xarid qilishingiz mumkin!