• ru
  • en
  • uz

“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 24, 25, 26-may kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati