SV (Lyuks)

SV — yuqori qulaylikdagi 2 o‘rinli kupeli vagon bo‘lib, uzoq masofali safarlar va VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.

3D tur 3D
SV (Lyuks)
SV (Lyuks)
👁 8

SV (Lyuks) — bu temir yo‘ldagi biznes-klass darajasidagi vagon. Har bir kupeda odatda faqat 2 ta joy bo‘ladi. Yumshoq yotoqlar, kengroq maydon, sokin muhit va yuqori darajadagi qulaylik yo‘lovchiga yo‘l davomida hordiq chiqarish imkonini beradi.
Ba’zi poyezdlarda SV Lyuks yanada yuqori xizmat darajasiga ega bo‘lib, unda individual dush, alohida sanuzel, yaxshilangan mebel va premium interyer mavjud bo‘lishi mumkin. Odatda bunday vagonda 18–20 ta joy bo‘ladi. SV Lyuks biznes safarlar, uzoq yo‘nalishlar, charchoqsiz sayohat va VIP yo‘lovchilar uchun qulay tanlovdir.

  • Поезд: -
  • Тип: Chiroyli suratlar,Yaqinda qo'shilgan rasmlar
  • Класс: «Sharq»: 1-klass