• ru
  • en
  • uz
SODIQLIK DASTURI

SODIQLIK DASTURI

SODIQLIK DASTURI

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha ravishda imkoniyatlar va qulayliklar yaratish maqsadida chipta.railway.uz web-sayti hamda mobil ilovalari orqali elektron tarzda chipta xarid qilinganda, yo‘lovchilarga sodiqlik dasturi bo‘yicha rag‘batlantirish sifatida onlayn tarzda harid qilingan chipta narxining miqdoridan kelib chiqib qo‘shimcha ballar taqdim qilish tizimi ishga tushirildi.

Birinchi bosqichda - yo‘lovchilar jamiyatimizning chipta.railway.uz web-sayti orqali kirib rasmda ko‘rsatilgan holda One ID tizimidan foydalanib ro‘yhatdan o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda - chipta.railway.uz web-sayti foydalanuvchisi tomonidan qachonga va qayerdan-qayerga chipta harid qilish uchun yo‘nalish tanlab olinadi.

Uchinchi bosqichda - Yo‘lovchilar tomonidan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha mavjud bo‘lgan poyezd turi va vagon hamda joylar tanlab olinadi.

To'rtinchi bosqichda so'rovnoma to'ldiriladi, pasport bo'yicha yo'lovchilarning ma'lumotlari kiritiladi. Diqqat: ballar faqat OneId orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan Foydalanuvchi pasportining raqami va seriyasiga ko‘ra o‘z nomiga temir yo‘l elektron chiptasini xarid qilgan yo‘lovchiga beriladi. Saytning ommaviy ofertasini ko'rib chiqqandan so'ng, to'lov bank plastik kartasi ma'lumotlarini kiritish orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda xarid qilingan chiptalari uchun “Sodiqlik dasturi” doirasida ularga qo‘shimcha ball taqdim qilinadi. Yo‘lovchilarga chiptaning umumiy narxidan jami 2 foiz (chiptaning umumiy narxi 100% deb belgilansa, shundan 2%) ball taqdim qilinadi.

Masalan: Yo‘lovchi Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadigan Afrosiyob poyezdiga onlayn tarzda 100 000 so‘mga chipta xarid qilsa, yo‘lovchiga ushbu pul mablag‘idan 2000 ball taqdim qilinadi. Bunda (1 ball = 1 so‘m).

Shuningdek, yo‘lovchilarga harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha chipta xarid qilish jarayonida to‘plagan ballari haqida ma’lumotlar ekranda muntazam ravishda ma’lumot tariqasida ko‘ringan holatda bo‘ladi. Yo‘lovchilarning to‘plagan ballari chiptaning umumiy narxiga yetadigan bo‘lsa, yo‘lovchilarning ixtiyoriga ko‘ra to‘plagan ballar orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.