• ru
  • en
  • uz

Temiryo‘l vokzallarida zamonaviy infokiosklar ishga tushirildi

🚮 Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va transport sohasini raqamlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidagi temiryo‘l kassalari va vokzallarida infokioskalar faol joriy etilmoqda. Ushbu zamonaviy o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari chiptalarni tez va navbatsiz xarid qilish, poyezd jadvali haqida maʼlumot olish hamda to‘lovlarni qulay amalga oshirish imkonini beradi.

〰️ Infokiosklarning asosiy afzalliklaridan biri — UzSard, HUMO va xalqaro Visa bank kartalari orqali xavfsiz va tezkor to‘lovni amalga oshirish imkoniyatidir. Bunday to‘lov tizimi nafaqat mahalliy yo‘lovchilar, balki xorijiy mehmonlar uchun ham yengillik yaratadi.

❗️ infokiosklar orqali xizmat ko‘rsatish — naqd pulsiz to‘lov madaniyatini shakllantirishda muhim omil bo‘lib, hozirda Toshkent, Samarqand, Buxoro vokzallarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Yaqin orada ularni respublikaning barcha vokzallariga joriy etish rejalashtirilgan.