Vaziyatni tezkor o‘rganish davomida “Toshkent Yo‘lovchi” stansiyasidagi 2711-sonli TEM2 teplovozida manyovr ishlari olib borilayotganda teplovozning chiqindi kollektorida yig‘ilib qolgan moy qoldiqlarining uchqunlanishi yuzaga kelgan. Yoqilg‘i taʼminotini o‘chirish va dvigatelni sovitish orqali lokomotiv ekipajining harakatlari tufayli chaqnash yo‘q qilindi. Lokomotiv ish holatida va manyovr ishlarini davom ettirmoqda.
Videodagi qichqiriq ko‘rinishidagi fon tovushlari bu holatga taalluqli emas, ular voqea joyi va ushbu voqeani suratga olgan kamera yaqinidagi odamlardan kelgan.