“Toshkent MTU” filialida bahorgi ko‘rik o‘tkazayotgan komissiya aʼzolari, joriy yil 15 may kuni “Toshkent yuk stansiyasida nazorat ishlarini boshlab, kun davomida Uzelning 10 ga yaqin stansiya va xo‘jaliklarini, inshoot va qurilmalarning sozligini, mehnat muhofazasi hamda yongʼin va harakat xavfsizligi talablarining bajarilishini atroflicha o‘rgandilar. Stansiyalarda yagona darcha faoliyati, signallashtirish va aloqa sohasidagi yangiliklar, raqamlashtirish jarayonlari, ishchi xodimlarga yaratilgan shart sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Komissiya aʼzolari kunning ikkinchi yarmida Oq ko‘prik stansiyasida bo‘lib, stansiya binosining qurilish jarayonlari va harakat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni ko‘rib chiqdilar.
Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida masʼul xodimlarga topshiriqlar, ko‘rsatmalar berildi.