• ru
  • en
  • uz

LOKOMOTIVLАRGА TEXNIK XIZMАT KO‘RSАTISH BINOSI FOYDАLАNISHGА TOPSHIRILDI


Davlatimiz Rahbarining “Temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish chora tadbirlari to‘gʼrisida”gi qarori va topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, tarmoqda samarali ishlar qilinmoqda.
21 may kuni O‘zbekiston lokomotiv deposida lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish binosi foydalanishga topshirildi. 
Tadbirda,“O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ boshqaruvi raisi Z.Narzullaev boshchiligida jamiyat rahbariyati va boshqarmalar, korxonalar boshliqlari ishtirok etib, binoda amalga oshirilgan ishlar, mashinistlarga, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.Bu binoning foydalanishga topshirilishi, depodagi 160 ta lokomotivdan tashqari, hududlardan keladigan lokomotivlarga ham texnik xizmat ko‘rsatish imkoni yaratdi.Rahbariyat depodning iqtisodiy holati va raqamlashtirish borasidagi ishlarni ham o‘rganib, ish samaradorligini yanada oshirish borasida topshiriqlar berdi.