• ru
  • en
  • uz

HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNIDА - “TOSHKENT-SАMАRQАND-QАRSHI” YO‘NАLISHIDА IDORАLАRАRO KOMISSIYANING NАVBАTDАGI YIGʼILISHI O‘TKАZILDI.

 

Tadbir Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida boshlanib, unda avvalgi yigʼilishda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari А.Kamildjanov va Transport nazorati inspeksiyasi boshligʼi o‘rinbosari А.Аbduraxmanovlar boshchiligida komissiya aʼzolari harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarni hamda mavjud kamchiliklarni nazorat qilib chiqdilar. Temir yo‘l kesishmalari, yon atroflari ko‘zdan kechirildi. Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkasida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari bo‘yicha, “Toshkent, Buxoro,Qarshi MTU” filiallari rahbariyati, tegishli xo‘jaliklar va mahalliy hokimiyat vakillariga tavsiyalar berildi.