TOSHKENTDAN MOSKVAGA POYEZDLAR QATNOVI YO‘LGA QO‘YILDI
2024-yilning 24-sentabr sanasidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishida poyezdalar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd harakat jadvali bilan tanishing.👆
‼️Mazkur yo‘nalishga yo’lovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin. Ya’ni reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq bo‘ladi.
Chegirma foizi va narxlari bilan yuqoridagi jadvalda tanishishingiz mumkin.