“Toshkеnt-Andijon-Toshkеnt” yo‘nalishida qo‘shimcha poеzd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qurbon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 22 iyul kuni “Toshkеnt-Andijon-Toshkеnt” yo‘nalishida 60/59 sonli poеzdining qo‘shimcha bir marta qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh: Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkеnt shahrida 1005 qisqa tеlеfon raqami, joylardagi tеmir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ