Joriy yil 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston hududi orqali o‘tuvchi “Termiz –Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘li liniyasini loyihalash va qurish bo‘yicha transport vazirliklari va idoralarning ma’sul rahbarlari va mutasaddi vakillari ishtirokida uchtomonlama (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston) va ko‘p tomonlama (O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston) muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro transport kommunikasiyalari va savdo aloqalarining mintaqalararo hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida hamkorlikni chuqurlashtirishda mazkur loyihaning yuksak ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Yig‘ilish yakunida tomonlar tez orada, ilgari surilgan temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini joyiga chiqgan holda o‘rganish, ishchi guruhlar yig‘ilishini doimiy ravishda o‘tkazish va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqgandan so‘ng loyihaga xalqaro moliya institutlarini jalb qilish bo‘yicha kelishib oldilar.