• ru
  • en
  • uz

Temiryo‘lchilarning fidokor mehnati munosib taqdirlandi

✅“O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l transporti xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati tomonidan sohada uzoq yillardan buyon sadoqat bilan faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashuvchi ilg‘or va fidoiy xodimlar rag‘batlantirildi.

✅Faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan ushbu xodimlar nafaqat jamiyat faoliyatida, balki temir yo‘l tizimi taraqqiyotida ham muhim o‘rin egallab kelmoqda.

Bu e’tirof — fidokorona xizmat, tinimsiz mehnat va halollik bilan o‘z kasbiga munosib hissa qo‘shayotgan har bir temiryo‘lchiga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorlik ifodasidir.

✅“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati