Bugun, 2025-yil 30-iyul kuni taxminan soat 16:09 da Baday va Beruniy stansiyalari o‘rtasidagi 592-kilometrda qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “KamAZ” yuk mashinasi yo‘l harakati qoidalariga e’tibor bermay, “Andijon-Qo‘ng‘irot” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi poyezdi oldidan o‘tish joyini darhol kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida yuk mashinasi va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Natijada teplovoz relsdan chiqib ketgan. Biroq, to‘qnashuv oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tezkor guruh voqea holatlari yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bordi.
Temiryo‘lchilar o‘z vaqtida chora ko‘rib, poyezdning barcha yo‘lovchilari 6 ta avtobusda Nukus va Qo‘ng‘irot shaharlariga jo‘natildi.
Hurmatli transport vositalari haydovchilari! “Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish” (https://uzpdd.uz/lotin/yol_harakati_qoidalari.php?id=18) qoidalarni bilish va ularga rioya qilish muhimligini eslatib o'tamiz!