O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabr kunidagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5813-sonli Farmoniga asosan, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan 2024- yil 7-avgust kunidan boshlab eticket.railway.uz saytidan xarid qilingan elektron chiptalarga hisob-fakturalar o‘rniga ushbu hujjat bilan teng kuchga ega bo'lgan fiskal cheklar (QR-kod) taqdim qilinishini ma'lum qilamiz.