Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 0583A raqamli poyezdning vagon holatidan kelib tushgan shikoyatga izoh
Shuni alohida taʼkidlash joizki, har bir yo‘lovchi poyezdini reysga chiqarishdan oldin, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli VCHD-2 muassasasida vagonlarning texnik va sanitar holatlari atroflicha nazorat qilinib, SES tomonidan hasharotlarga qarshi dorilash, o‘rindiqlarga to‘shaladigan choyshablarni yuvib, dazmollab, selofan qoplarga qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi. Vagon texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, vagon ustida xizmat olib boruvchi masʼullarga zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, kamchiliklar bartaraf etildi. Shuningdek, tozalik va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha masʼullarni yana bir bor intizomiy javobgarlikka tortish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Ayni damda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ malakali xodimlari tomonidan tashkil topgan ishchi guruh tuzildi va holat o‘rganilmoqda.
Hurmatli yoʻlovchilar! Sizning fikr-mulohazalaringiz va takliflaringiz biz uchun juda muhim. Har qanday savol yoki yordamga ehtiyoj sezsangiz, @temiryoluzbot orqali bizga yoki 1005 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin!
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati