2021 yilning 22 iyun kunidan boshlab №004Ф “Toshkent — Qarshi” poyezdi Shahrisabz bekatigacha qatnaydi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida hozirgi kungacha “Toshkent-Qarshi” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Nasaf” tezyurar elektropoyezdi joriy yilning 22 iyundan boshlab “Shahrisabz” temir yo‘l vokzaligacha qatnashni boshlaydi.


Bu sayyohlarga Qamashi tumanidagi “Langar-Ota” ziyoratgohiga borish uchun ham qulaylik yaratadi. Chunki ushbu poyezd Qamashi bekatida ham to‘xtab o‘tadi.


Yangi jadvalga asosan 004Ф-sonli “Toshkent- Shahrisabz” yo‘nalishidagi “Nasaf” elektropoyezdi Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalidan  soat 09:00 da junab “Shahrisabz” bekatiga soat 16:04 da yetib boradi va 003Ф-sonli “Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishidagi “Nasaf” elektropoyezdi bo`lib soat 17:04da “Shahrisabz”  bekatidan yo`lga chiqib soat 00:11da Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.  


Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.  

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.