• ru
  • en
  • uz

“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ da korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘shlab yig’ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Toshkent Transport Prokurori-Adliya katta maslahatchisi Sh.Lutfullaev hamda Toshkent MT TXTB bosqarmasi boshlig’i-podpolkovnik V.Xidiralievlar so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengash yig'ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida so‘z yurutdilar.
Jamiyat tarkibidagi barcha korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha birinchi rahbarlar masʼul ekanligi taʼkidlandi. Joylardagi xodimlar o‘z lavozim va xizmat majburiyatlarini halol va vijdonan bajarib, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasliklari, bunday holatlar sodir bo‘lsa,rahbarlarga va huquqni muxofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlariga maʼlum qilishlari zarurligi haqida to‘xtalib o‘tildi.