Hurmatli aksiyadorlar!
"O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI"aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi
aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi 2021 yil 30 iyun kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko'chasi, 7-uy, "O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJ Markaziy apparati binosida o'tkazilishini ma'lum qiladi.
Yig'ilish soat 15-00 da boshlanadi, aksiyadorlar 14-00 da ro'yxatga olinadi.
Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishini o'tkazilishi to'g'risida aktsiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi 2021 yil 4-iyun.
Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi - 2021 yil 24 iyun.
KUN TARTIBI:
1. Hisob komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Reglamentni tasdiqlash, aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishini o'tkazish.
3. "O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJ Bosh direktorining jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati yakunlari va 2020 yil uchun biznes-reja ijrosi natijalari to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.
4. 2020 yil uchun jamiyatning yillik balansini tasdiqlash.
5. 2020 - yilda jamiyatning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini audit qilish yakunlari bo'yicha jamiyatning tashqi auditorining xulosasini tasdiqlash.
6. 2020 yil uchun jamiyat ishi yakunlari bo'yicha taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.
7. Kuzatuv Kengashining 2020 yilgi ish yakunlari bo'yicha hisobotini tasdiqlash.
8. Keyingi yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilguniga qadar jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
9. Keyingi yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilguniga qadar jamiyat taftish komissiyasi a'zolarini saylash
10. Auditorlik firmasini aktsiyadorlik jamiyatining tashqi auditi uchun 2021 yil ish yakunlari va uning xizmatlari uchun to'lov miqdorining chegarasi bo'yicha tasdiqlash.
11. Yagona ijro etuvchi organ – aksiyadorlik jamiyati bosh direktori bilan mehnat shartnomasini keyingi yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga qadar uzaytirish to'g'risidagi qarorni tasdiqlash.
12. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida, jamiyat tomonidan uning joriy xo'jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig'ilishiga qadar bo'lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin bo'lgan bitimlarni tasdiqlash.
13. "O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJda korporativ boshqaruv tizimini 2020 yil yakunlari bo'yicha o'tkazilgan baholash natijalarini tasdiqlash.
14. "O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJ tashkiliy tuzilmasiga o'zgartishlar kiritish.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi kun tartibidagi masalalar bo'yicha materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Mirobod tumani,
Turkiston ko'chasi, 7-uy, 71 299-70-76-uy.
Aksiyadorlar pasport, aksiyadorlar vakillari – notarial tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxslar – amaldagi Qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasining "aksioner jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida "gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida" gi 06.05.2014 yildagi O'RQ-370-sonli Qonuniga muvofiq barcha aksiyadorlardan o'z pasport ma'lumotlari va STIR, pochta-tovar manzili, shuningdek elektron pochta manzili haqidagi ma'lumotlarni jamiyatning elektron pochtasiga taqdim etishni so'raymiz uzjeldorpass_lf@mail.ru.
"O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJ kuzatuv kengashi.