Dengiz va quruq portlar - hamkorlikning yangi yo‘nalishi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ dengiz va quruq portlar, yuk tashish, shuningdek, portlarda terminallari mavjud transport-logistika kompaniyalari bilan transport-logistika hamkorligini kengaytirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

 

Endi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yuk egalari va mijozlari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasmiy saytidagi “Hamkorlarimiz” sahifasida xizmatlar ro‘yxati, portlar narxlari, yuk tashish va logistika kompaniyalari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, yuk egalariga tashishning eng samarali yo‘nalishlarini shakllantirish va transport xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi.

 

Mazkur hamkorlikning ahamiyati yuk tashishning global hajmida dengiz transportining afzalligi, shuningdek, O‘zbekistonning geografik joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari – yaʼni, Jahon okeanigacha bo‘lgan masofa kamida ikki davlat hududi bilan bog‘liq.

 

Joriy yilning avgust oyida ishchi tashriflar va ishbilarmonlik muzokaralari yakunlari bo‘yicha "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Kaspiy dengizining Aktau va Qo‘riq portlari, shuningdek, quruq Xorgos porti bilan o‘zaro tushunish va hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

Shu yilning sentyabr oyida Novorossiysk, Sankt-Peterburg va Naxodka dengiz portlarida o‘z terminallari bilan “Delo Group transport-logistika” xizmatlarining multimodal operatori bo‘lgan Rossiyaning “RUSSON logistika” kompaniyasi bilan o‘zaro munosabat va hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

 

Shu bilan birga, 2021 yil 5 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi "quruq portlar" (dengiz orqali yuk tashish tartibini soddalashtirish imkonini beradi) haqidagi hukumatlararo bitimga O‘zbekistonning qo‘shilishi haqidagi qarorni imzoladi.

 

Hozirgi vaqtda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Kaspiy dengizining boshqa portlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirdi, shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning delegatsiyasi joriy yil 19-21 oktyabr kunlari Aktau shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan "Kaspiy portlari va yuk tashish 2021" 2-xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Qora, O‘rta er dengizi, Boltiq dengizi portlari, shuningdek, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo portlari bilan o‘zaro hamkorlikka katta qiziqish bildiradi.

 

Axborot-tahliliy media markazi