• ru
  • en
  • uz

HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH YOʻLIDA!

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining 1255-N buyrugʻi ijrosini ta'minlash, tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va temir yoʻl transportidan foydalanishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida, 28- iyul kuni “Toshkent MTU” filialida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Jamiyat boshqaruvi raisi oʻrinbosari A. Kamiljanov boshchiligida boshqarma boshliqlari, “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ, “Temiryoʻlkargo” AJ, Filial rahbariyati hamda stansiya boshliqlari ishtirokida oʻtgan ushbu tadbirda, Toshkent shahri va viloyatidan 100 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari, firma va kompaniyalar vakillari qatnashib, temir yoʻlda yuk tashishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish choralari, mahsulotlarni qisqa muddatda manziliga etkazib berish, vagon bilan ta'minlash kabi masalalarni muhokama qildilar va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha  takliflar oʻrganildi.