Qarshi - Buxoro - Qarshi shaharlararo yo‘lovchi poyezdi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan rasmlar hamda bildirilgan fikrlarga izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda vagon oynasidan ko‘chadagi bino va yuk vagonlarini suratga olib, Qarshi - Buxoro - Qarshi shaharlararo yo‘lovchi poyezdi haqida havoning issiqligidan, 6 kishi o‘tiradigan joyga 10-15 kishi joylashtirilgan qabilida xabar tarqatildi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan ishchi guruh tuzilib, mazkur shaharlaro yo‘lovchi poyezdi vagonlaridagi holat atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida vagonlarda yo‘lovchilar bemalol o‘tirib ketayotganligi, vagonlar ventilyasiya yo‘li bilan sovutib borilayotganligi aniqlandi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, yozgi mavsum boshlangan dastlabki kundan boshlab, jamiyat rahbari va uning o‘rinbosarlari hamda tegishli masʼul xodimlar tomonidan yo‘lovchi poyezdlarini reysga tayyorlash, shuningdek, poyezdlarning harakati davomida vagonlardagi holatlarni o‘rganish maqsadida kuzatuv safarlari amalga oshirib kelinmoqda. Agar vagonlarda kamchiliklar aniqlansa, uni zudlik bilan bartaraf qilish choralari ko‘rib borilmoqda.

 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ