Bugun, 2024-yil 27-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida mamlakatlarimizni yagona temir yo‘l liniyasi bilan bog‘laydigan "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘l magistrali qurilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu tarixiy voqea mintaqada iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish va uch mamlakat o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilashga qaratilgan eng yirik infratuzilma loyihalaridan birini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi