Объявление о публичных обсуждениях проектов, реализуемых на основе ГЧП

“Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ” loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni Muhokamada: 20.10.2026-29.10.2026

Ma’lumki ,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025  yil  27  dekabrdagi  «2030  yilga qadar temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PQ-391-son  Qarorida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini  2030  yilgacha oshirish chora-tadbirlari belgilab o‘tilgan . Xususan ,  mazkur Qarorning  14-bandiga  muvofiq , Transport  vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda  “ O‘zbekiston temir yo‘llari ” AJ bilan  birgalikda Toshkent ,  Samarqand , Buxoro,  Urganch ,  Navoiy va Qo‘qon shaharlarida joylashgan temir yo‘l vokzallari infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish yuzasidan  normativ- huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2024  yil  30  oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda  kompleks  tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  720-son  qarori  bilan  tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi  nizom 11-bandida  aholining ,  tovarlarni  ( ishlarni ,  xizmatlarni )  iste’mol qiluvchilarning ,  ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan  DXSH  loyihasi jamoatchilik muhokamalari  bilan  birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali  modernizatsiya  qilish va boshqaruvga berish ”  loyihasi  ( quyida ilova qilingan jadvalga qarang )  ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

Loyihaning asosiy maqsadi  –  Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida temir yo‘l vokzalini  rekonstruksiya  qilish ,  qurish ,  obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ,  jihozlash va undan foydalanish orqali aholiga  transport  xizmati ko‘rsatishning samarali mexanizmlarini joriy etishdan iborat . Loyiha doirasida xususiy sherik Farg‘ona viloyati  Qo‘qon  shahridagi temir yo‘l vokzalida yo‘lovchi tashish hamda qo‘shimcha mijozlar oqimini shakllantirish evaziga yo‘lovchilarga  kompleks  xizmat ko‘rsatadi.

Loyihaning daromad manbasi foydalanganlik uchun to‘lovdan iborat bo‘lib ,  dastlabki hisob-kitoblarga binoan bir yillik taxminiy daromad  12 025 827,83  ming so‘m  (  1 002 152,32   AQSH  dollari)  ni  tashkil etishi kutilmoqda.

Mazkur loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda ,   2026  yil 30 oktyabrga qadar quyidagi  elektron  manzillarga yuborishingiz mumkin:

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi ”  AJ:

Manzil :  Toshkent shahri ,  Mirobod tumani ,  Tong yulduzi MFY ,  Turkiston ko‘chasi, 7-uy.

 Elektron pochta  manzili :  uzjeldorpass@mail.ru; l@uzrailway.uz

 Telefon  raqami : +998 71 299  71 84, +998 71 299 92 31.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida  “ Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali  modernizatsiya  qilish va boshqaruvga berish ”  loyihasi to‘g‘risida

MA’LUMOT

                                                                             

№

Asosiy ko‘rsatkichlar

Ma’lumotlar

1

Loyihaning nomi

Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali  modernizatsiya  qilish va boshqaruvga berish

2

Loyiha taraflarining nomi:
 Davlat  sherigi:
Xususiy sherik:

“O'ztemiryo'lyo'lovchi ”  AJ

Tanlov jarayoni  ( RFQ/RFP )  orqali aniqlanadi

3

Loyihaning faoliyat yo‘nalishi

 Transport  xizmati ko‘rsatish

4

Loyihaning joylashgan manzili

Farg‘ona viloyati ,  Qo‘qon shahri ,  Muqimiy , Obod MFY,  Shoxruxobod ko‘chasi, 11g-uy

5

Loyihani amalga oshirish muddati

 2  yil

6

Loyihaning amal qilish muddati

 20  yil

7

Loyiha qiymati

40 869 731 523 so‘m  ( 3 405 810 960,27  AQSH  dollari)

8

 Davlat  tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi va turlari

Loyiha  budjet  tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilmagan.