Belgilangan texnik xizmat
ko‘rsatish va profilaktika ishlari doirasida xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard va boshqalar) bilan bog‘liq xizmatlarda qisqa muddatli – taxminan 1 soatlik – uzilish kuzatilgan.
Mazkur texnik ishlar xavfsizlikni ta’minlash va to‘lov tizimlari barqarorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, shu vaqt davomida chiptalarni faqat mahalliy to‘lov tizimlari — “Humo” va “Uzcard” orqali xarid qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan.
Hozirda barcha to‘lov tizimlari to‘liq tiklangan va barcha bank kartalari orqali chipta xarid qilish imkoni yana ta’minlangan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, uzluksiz va ishonchli xizmat ko‘rsatish tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati