Ob-havo harorati ko‘tarilishi natijasida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
Yo‘lovchi vagonlarni havo sovutish tizimini ishga tushirish uchun, meʼyoriy texnik hujjatlarga asosan yo‘lovchi vagon tomi tepasida joylashgan ventilyatorga havoga almashishiga yo‘l ochib ishga tushirish maqsadida lyukni ochish
talab etiladi.
Ta’kidlab oʻtish joizki, poyezd toʻxtab turgan vaqtda sovutish tizimlari ishlamaydi. Poyezd yurgandan soʻng tezligi 35-40 km/s tezlikni tashkil etganda avtomatik tarzda sovutish tizimlari ishga tushadi.
Shu bilan birga barcha yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi vagonlar havo almashtiruv tizimi (ventilyatsiya) bilan, hamda avariya sodir bo‘lgan holatlarda yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan oynalardan tashqari kupe va koridor oynalari ochiladigan darcha (fortochkalar) bilan jihozlangan.
Vagonlarni oyna bloklarini darchalari ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan, favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan oynalardan tashqari konstruktiv jihatdan 30 gradusgacha ochiladigan bo‘lib ishlab chiqarilgan. favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan oynalar favquloddadagi vaziyatlarda yo‘lovchilarni evakuatsiya qilinishi osonlashtirish uchun fortochkalarsiz ishlab chiqarilgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati