Yo'l bolalar kasalxonasida bayram tantanalari

Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan yana bir xayrli ish bajarildi. Yo‘l bolalar shifoxonasida davolanayotgan 55 nafar temiryo‘lchilar farzandlariga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bolalar Yangi yil va Qorbobo haqida sheʼr va qo‘shiqlarini zavqlanib ijro etishdi. Bu yerda davolanayotgan bolajonlarning onalari va kasalxona rahbariyati ushbu tadbirni tashkil etgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatiga, Qizil Yarim Oy jamiyati  temir yo‘l mintaqaviy tashkilotiga o‘z minnatdorchilikliklarini bildirishdi. Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi.