135 nafar eng faol temiryo‘lchi xotin-qizlarimiz taqdirlandi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati tomonidan tarmoqning barcha hududlaridagi temir yo‘l korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 135 nafar eng ilg‘or, mehnatkash va fidoyi opa-singillarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Jamiyat va tasarrufidagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda o‘quv va tibbiyot maskanlarida turli lavozimlarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi. Bayram tadbirida dastlab, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurat Sabirov temiryo‘lchi opa-singillarimizni ushbu bayram bilan samimiy tabriklab, sog‘liq, salomatlik hamda oilaviy baxt tiladi. Temir yo‘llarimizning asosiy bo‘g‘inlarini barqaror faoliyat ko‘rsatishida erkaklar bilan tengma-teng mehnat qilib, o‘zlarining kasbga bo‘lgan sadoqatlarini ko‘rsatishganini mamnuniyat bilan aytib o‘tdi.

Mamlakatimiz temir yo‘l transportini yil sayin taraqqiy etishida kasbining fidoyi egalari bo‘lgan temiryo‘lchi xotin-qizlarimizning o‘rni beqiyosligini e’tirof etdi. 
Shundan so‘ng tadbirda Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Vahobjon To‘xtayev ham so‘zga chiqib, munoib ayollarimizni bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va sevimli kasblarida doim muvaffaqiyatga erishib yurishlari tiladi. 

Bayram tadbirida taqdirlanganlar ham so‘zga chiqdi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati tomonidan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan temiryo‘lchi opa-singillarimizga bayram munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va mukofot uchun chin dildan minnatdorchilik bildirishdi.

– Temir yo‘l sohasini tanlaganimga, shu kasbda mehnat qilib, farovon hayot kechirayotganimdan juda hursandman, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining  Iqtisodiy taxlil va prognozlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Nasiba Burxanova. – Xursandchiligim boisi moddiy rag‘batda emas, balki rahbariyat kamtarona mehnatimni munosib e’tirof etganida. Ushbu rag‘bat nafaqat menga, balki jamoamga, korxonamiz tomonidan temir yo‘l tizimida amalga oshirilgan ishlarga berilgan rag‘bat deb bilaman. Kamtarona mehnatimiz rahbariyatimiz tomonidan yuksak baholanishi har birimizni temir yo‘l taraqqiyoti uchun yanada g‘ayrat va shijoat bilan mehnat qilishga undaydi.   

Bayram munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati tomonidan tarmoq korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan eng faol 135 nafar xotin-qizlarga 1 million so‘mdan pul mukofoti berildi hamda ularning har biriga gul dastalari taqdim etildi.
Ushbu bayram tadbirida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashining “Yil ayoli” milliy tanlovining 6 nafar Respublika bosqichi g‘oliblariga ham faxriy yorliqlar topshirildi. 

Ta’kidlash lozimki, barcha mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonalarida, tashkilot va muassasalarida mehnat qilayotgan faol ayollar joylarda Respublika Kengashining hamda boshlang‘ich kasaba uyushmalarining munosib rag‘batlantiruvchi sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bayram munosabati bilan sohada faoliyat ko‘rsatgan nafaqadagi temiryo‘lchilarga ham moddiy yordam ko‘rsatildi