Joriy yilning 25-iyun kuni “Toshkent—Xojikent—Toshkent” yo‘nalishidagi 6430/6435-sonli shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar hamda 7203/7204-sonli “Toshkent—Chinorkent—Toshkent” yo‘nalishida shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra 1 kunga bekor qilinishini ma’lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati