Hurmatli yo‘lovchilar! Sizlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yoʻlovchilar murojaat qilishlari uchun maxsus telegram bot yaratilgan.
❗️ Bot orqali xizmatlarimizga oid har qanday taklif yoki shikoyatlaringizni yuborishingiz mumkin. Shuningdek, yo‘l davomida poyezd vagonida sizga noqulayliklar tug‘dirgan holatlar yoki vagon kuzatuvchisi xizmatidan norozi bo‘lgan vaqtingiz, shu bilan birga vokzal hududida ham sizga noqulaylik keltiradigan holatlar tug‘ilgan bo‘lsa, yuqoridagi havola boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin.
🖋 Botga murojaat qilish uchun quyidagi linkni bosing: @temiryoluzbot
Sizning fikr-mulohazalaringiz va takliflaringiz biz uchun juda muhim. Har qanday savol yoki yordamga ehtiyoj sezsangiz, bot orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin!
🗒 Ushbu havolalarni vokzal kassalari yonidan hamda poyezd oʻrindiqlari oldidan topishingiz mumkin.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ sizga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun doim tayyor!
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati