Yo`lovchilar diqqatiga!

ℹ️Yo`lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o`zgartirishlar kiritilmoqda.

❗️"O`zbekiston temir yo`llari" AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25% ga oshirilishini ma'lum qiladi.

Misol tariqasida, 12, 4-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi avvalgi narxlari:
ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m. Hozirgi narx: ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so’mni tashkil qilmoqda. 

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ  temir yo`l xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o`z  minnatdorchiligini bildiradi!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati