✅ Kuzatuv kengashi raisi M.Rajabov VCHD-2 filialiga tashrif buyurib, ushbu muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari hamda infratuzilma holatini o‘rganib chiqdi.
👤 Tashrif davomida yo‘lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazildi. Shu jumladan, yo‘nalishlar bo‘ylab xizmat qiluvchi poyezd vagonlari batafsil ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati tahlil qilindi. ishchilarning xavfsizligi va qulayligi uchun turniket tizimlari o‘rnatilib, zamonaviy nazorat mexanizmlari joriy etilmoqda.
📊 Shuningdek, servis xizmatlari sifati, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mutaxassislarga zaruriy ko‘rsatmalar berilib, yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha qat’iy yo‘riqnomalar taqdim etildi.
✅ Mazkur tashrif va amalga oshirilgan ishlar natijasida yo‘lovchi tashish tizimida yanada yuqori darajadagi qulayliklar yaratilishi, xizmat sifati oshishi va temir yo‘l transportida xavfsizlik choralari mustahkamlanishi ko‘zda tutilmoqda.